Erkin A’zam haqida 5 fakt

Bugun, 10 avgust sanasida u 70 yoshni qarshi oldi.

1. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam 1950 yil 10 avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan. 11 farzandning to‘ng‘ichi bo‘lgan bolakay 3-sinfda o‘qib yurganidayoq, amakisining “Katta bo‘lsang kim bo‘lasan?” degan savoliga garchi bu kasbning mohiyatini hali anglamasa-da, “Yozuvchi” deb javob bergan.

2. Erkin A’zam yoshligida “O‘lgudek ta’sirchan, sirkasi suv ko‘tarmaydigan injiq, xayolparast bola bo‘lganman. Ishyoqmasroq edim, kitob o‘qishdan boshqasi ko‘zimga ko‘rinmasdi. Tevarak-muhit menga zerikarli, to‘porinamo tuyular, ko‘ngilda unga nisbatan hali anglanmagan bir norozilik ham bor, nuqul kelajakdagi o‘zgacha hayot orzusi bilan yurar edim. Ana shu bezovta, bolalarcha sodda o‘y-xayollar, orzumandligu kitobxonliklar adabiyot sari boshlagandir…”

3. Adib stsenariylari asosida ko‘plab badiiy filmlar suratga olingan. “Dilxiroj”, “Erkak”, “Parizod” va boshqa badiiy filmlar o‘ziga xos xarakterlar yaratilgani bilan tomoshabinlar orasida mashhur bo‘lgan. “Chantrimore” asarini kinolashtirishga qarshi bo‘lgan bo‘lsa-da (kamtarlik qilib), shu kino tufayli bir kunda mashhur bo‘lib ketgan.

4. 2013 yilda yozuvchining “Buyuk osiy Shayx Sa’non vorislari” degan nom ostida jamlangan qissa va hikoyalari Parijdagi nufuzli nashriyot tarafidan chop qilingan. 70 yoshli yozuvchining duogo‘yi, onajoni hayot.

5. Hamisha o‘zining qaysarligini tan oladigan yozuvchi “mening ijodimda”, “asarim”, “chiroyli qarsaklar” degan ifoda va iboralarni hazm qila olmaydi.

——-

Erkin A’zamning barcha asarlarini bu yerda o‘qishingiz mumkin.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam 70 yoshda! Adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik.

Sayyora Qodirova tayyorladi

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: