Eyfel minorasi haqida siz bilmagan 5_fakt

Parijda roppa-rosa 131 yil oldin, ya’ni 1889 yilning 31 martida Eyfel minorasi ochilgan edi. O‘sha kuni konstruktor Gustav Eyfel minoraning yuqori qismida frantsuz bayrog‘ini ko‘targan.

1. Bahaybat minora 1889 yilda ochilganida, u sayyoraning eng baland inshooti edi.

2. Eyfel minorasi aslida uchta rangga bo‘yalgan. Eng qorong‘i ton binoning asosida ishlatilgan, eng yorqini – tepada. Minora zanglashga qarshi himoya maqsadida har 7 yilda 60 tonna bo‘yoq bilan qoplanadi.

3. 1912 yilda palto-parashyut yaratuvchisi o‘zining ixtirosini Eyfel minorasida sinab ko‘rishga qaror qildi. Erkak imoratning uchinchi maydonchasidan sakrab, halok bo‘lgan.

4. Eyfel minorasining kichik nusxalari dunyoning turli burchaklarida bor: Amerikaning Las-Vegasida, Xitoyning Gaunchjou va Shenchjenida, Aktau (Qozog‘iston) va boshqa shaharlarda. O‘zbekistonda ham. 5. Balandlikka qaramay, minorani o‘rnatishda faqat bir kishi halok bo‘lgan

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Eyfel minorasi haqida siz bilmagan 5_fakt

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: