Fikrat.uz’da e’lon qilingan iltimosnoma ko‘rib chiqildi

Esingizda bo‘lsa, saytimizda 17 nafar talabadan Prezident Shavkat Mirziyoyevga iltimosnoma e’lon qilingandi.

Unda talabalar universitetning 3-kursini Rossiyada davom ettirishlari kerakligi, ammo bugungi pandemiya sharoitida o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirishni so‘ragan edilar. Endi ular o‘qishni O‘zbekistonda masofaviy ta’lim orqali davom ettirishadigan bo‘ldi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutining Saratov Davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayonining yangi 2020-2021 o‘quv yiliga tayyorgarligi to‘g‘risida

MA’LUMOT

Hurmatli talabalar, Sizlarga shuni ma’lum qilamanki, Respublika oliy ta’lim muassasalari negizida Qo‘shma dastur asosida kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018y. dagi PQ-3775 – sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qaror asosida tashkil etilgan.

2018 yil sentyabrdan boshlab, Namangan muhandislik-texnologiya instituti va RF Yu.A.Gagarin nomidagi Saratov Davlat texnika universiteti o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi 2017 yil 14 martda imzolangan hamkorlik memorandumi, 27.08.2018 y. dagi №79-sonli shartnoma va 8.06.2019y. dagi №791- sonli shartnomalar asosida 3 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

2019/2020 – o‘quv yilining bahorgi semestridan, ya’ni 16 martdan boshlab respublikamizga kirib kelgan pandemiya tufayli o‘quv jarayoni masofaviy tarzda tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.03.2020 yildagi №176-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 martdagi 233-son buyrug‘iga ko‘ra universitetlar qatori “Qo‘shma dastur”da barcha kurslar uchun 2020 yilning 1 aprelidan boshlab o‘quv jarayoni masofaviy tarzda tashkil etilgan. 2 ta kursda 106 nafar talabalarning masofaviy ta’lim olib borishlarini nazorat qilib borish maqsadida 6 ta guruh bo‘yicha telegramm kanal ochib qo‘yilib, barcha talabalar bilan ma’lumot almashinib borilmoqda.

Hamkor institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 2-kurs talabalari 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab 2 2 dasturi asosida hamkor institutda o‘qishlarini davom ettirishlari kerak edi. Biroq bugungi kunda butun dunyoda o‘z hukmronligini qilayotgan “COVID-19” pandemiyasi bizning respublikamizda ham xanuzgacha o‘zining salbiy ta’sirlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Shu munosabat bilan 2020/2021-o‘quv yili uchun hamkor institutda o‘quv jarayonini onlayn xolda tashkil etish uchun nizom asosida tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida hamkor institutga taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.

Barcha hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tegishli tartibda sizlarga buyruq rasmiylashtiriladi. Joriy yilning 15 avgustiga qadar barcha hujjatlarni (fanlardan qarzdorlik, shartnoma to‘lovlari) yakunlash talab etiladi. O‘quv jarayoni 3-kurslar uchun hamkor institutning platformasidan foydalanilgan xolda shu yerda turib masofaviy tashkil qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni hamkor institut bilan maslahatlashgan xolda sizlarga yetkazib boriladi.

Qo‘shma ta’lim bo‘limi boshlig‘i D.Sherquziyev

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: