“Freedom House” O‘zbekistonga nega siyosiy huquqlar bo‘yicha 2 ball qo‘ydi?

O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda jurnalistlar rahbarlardan qilgan ishlari yuzasidan hisob so‘rashni o‘rgandi. Bu haqida Samarqandda bo‘lib o‘tgan II Markaziy Osiyo sudyalar muloqotida nutq so‘zlagan S.Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari jurnalist qamalishidan qo‘rqmay, xato qilish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini ham ta’kidladi.

Mirziyoyevaning mazkur fikri mamlakatimizda so‘z erkinligini ta’minlash borasida boshlangan islohotlarning davom etishiga yana bir ishoradir. Inchunun, muayyan masala yuzasidan fikr bildirish, saylovlarda ishtirok etish insonning eng muhim huquqidir. Shu ma’noda S.Mirziyoyevaning fikrlari nafaqat jurnalistlar, balki O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning siyosiy huquqlariga daxldorligi bilan ahamiyatlidir.

II Markaziy Osiyo sudyalar muloqotida bo‘lib o‘tgan kunlar arafasida “Freedom House” jahon mamlakatlaridagi erkinlik darajasiga oid an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi. Hisobotda O‘zbekiston yana erkinlik bo‘lmagan mamlakatlar qatoriga kiritgan. O‘zbekistonga siyosiy huquqlar bo‘yicha 40 balldan 2, inson erkinliklari bo‘yicha esa 60 balldan 8 ball berilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: