Gazetalar haqida 5 fakt

1.»Gazeta» so‘zi «chaqa», «tanga» degan ma’noni bildiradi. Ilk gazeta 1605 yil Germaniyada nashr etilgan.

2.1990 yilda Rossiyaning «Argumenti fakti» gazetasi 33 million 431 ming 100 nusxada chop etilgan. Gazetaning bu adadi hattoki Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

3. «New York Times» gazetasi hajmining qalinligi, reklama soni nihoyatda ko‘pligi bilan dunyo gazetalari orasida rekord o‘rnatgan.

4.Germaniyaning «Koln Zaytun»gazetasi o‘zining 1817 yil 4 maydagi sondagi birinchi sahifasini butunlay bo‘sh holatda chop etadi. Bu orqali gazeta boshlig‘i Markus Dyumon senzuraga jiddiy norozi ekanligini bildiradi.

5. Ayollar uchun dunyodagi birinchi gazeta «Frauenzimmer Zeiteng» gazetasi bo‘lib, u Germaniyada 1789 yilda chop etilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: