Gurbanguli Berdimuhamedov

Nima uchun mashhur?

Turkmanistonning ikkinchi va hozirgi prezidenti. Davlat yetakchisi lavozimiga erishgan dunyodagi ilk tish doktoridir. U o‘zining turfa qobiliyatlari bilan ham mashhur. Bugun uning tug‘ilgan kuni.

Qanday mashhur bo‘lgan?

Gurbanguli Malikguliyevich 1957 yil 29 iyunda Turkmanistonning Babarap qishlog‘ida tug‘ilgan. 1972 yil kurash bo‘yicha Ashxobod shahrining chempioni va 1973 yil o‘q otish bo‘yicha Turkmaniston chempioni bo‘lgan. Turkmaniston davlat tibbiyot institutida tahsil olgan Berdimuhamedov aspiranturani Moskvada o‘qigan. Faoliyatini 1980 yil tish shifokori sifatida boshlagan. Keyinchalik Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vazirligining stomatologiya markazi direktori vazifasini bajargan. Siyosiy faoliyatini 1997 yil Turkmaniston Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida boshlagan. 2006 yili avvalgi prezident Saparmurat Niyozov vafotidan so‘ng prezident bo‘lgan. Mish-mishlarga qaraganda, Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanboshining noqonuniy o‘g‘li bo‘lishi mumkin. Turkmanistonda Berdimuhamedov uchun «Arkadag‘», ya’ni himoyachi gonorativi qo‘llaniladi. Prezident bu nomni shaxsan o‘zi tanlagan. Turkman rahbarining she’riyatga qiziqishi sir emas. Uning she’rlari gazetada ham bosilgan. Hatto, 2011 yilda «Oq gullarim siz uchun» deb nomlangan ishqiy qo‘shig‘ini qo‘liga gitara olib ijro etib bergandi. Bundan tashqari, u o‘zi yozgan qo‘shiq bilan xalqaro ot sporti majmuasida turkman oti milliy bayrami sharafiga o‘tkazilgan ot choptirishda chiqish qilgan. U o‘zining poygachilik “mahorati” bilan ham ancha tanilgan. Ya’ni, prezident turli avto va ot poygalarida ketma-ket g‘alaba qilgan. 2010 yilda Turkmaniston prezidenti Foreign Policy jurnalining e’lon qilishicha, dunyoning eng qattiqqo‘l diktatorlari beshtaligiga kirgan. Prezident turmush o‘rtog‘i bilan keng omma oldida deyarli chiqish qilmaydi. Uning 3 qizi va 1 o‘g‘li bor. O‘g‘li Serdar Berdimuhamedov davlat arbobi.

Kecha Ozodbek Nazarbekovga Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvonini berdi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: