Hamshiralar haqida 5 fakt

1. Har yili 12 may kuni butun dunyoda hamshiralarning kasb bayrami — mashhur hamshira Florens Naytingeylning tug‘ilgan kunida nishonlanadi. Gap shundaki, bu ayol Qrim urushi paytida (1853-1856) dunyodagi birinchi hamshiralar hayriya xizmatini tashkil qilgan. Qrim urushiga yuborilgan hamshiralar orasida imperator Nikolay II ning ayoli va qizi ham bo‘lgan.

2. Albert Eynshteynning o‘limidan avval aytgan so‘nggi so‘zlari o‘zi bilan birga ketgan. Chunki o‘sha payt uning yonida bo‘lgan hamshira nemis tilini mutlaqo bilmas edi.

3. Qadimgi tarixda faqatgina erkaklar hamshira bo‘lishgan. Ammo hozirda hamshiralarning 89 foizi ayollar, atigi 11 foizi erkaklar hisoblanadi.

4. Amerika olimlari tadqiqotlariga ko‘ra, hamshiralar bir kun ichida o‘rtacha 1600 kilogrammlik buyumlarni bir joydan boshqa joyga olishar va 6-7 kilometp yurishar ekan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, ko‘pchilik odam

5. Aholi soniga eng ko‘p hamshiralar Finlyandiyada, 100 ming kishiga 2162 ta hamshira, eng kam hamshiralar Gaitida, 100 ming kishiga 5 ta hamshira.lar kuniga 4-5 kilometr qadam bosishadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: