Hokim bobo, g’isht quyib, tirikchilik o’tkazayotgan momoga ham 20 million so’m bering

Kecha ko’plab telegram kanallarda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev Rossiya davlatida chiqindi yig’ib, onasini boqqan shahrisabzlik 11 yoshli Islombekning oilasiga 20 million so’m pul hamda Islombek va uning opasiga o’quv qurollari sovg’a qilgani haqida axborot tarqatildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilinishicha, mazkur voqea “hokimning bir kuni” loyihasi doirasida amalga oshirilgan va hokim boboning topshirig’iga ko’ra, oilaga yangi qurilayotgan uylarning boshlang’ich to’lovi to’lanib, uy ham beriladigan bo’libdi.

Bu, albatta, tahsinga sazovor holat va bundan keyin ham savobli ishlar davom etishiga ishonamiz.

Ammo shu o’rinda bir mulohaza: “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan” deb bong urilgan mazkur video aslida 22 iyun` kuni “Ozodlik Radiosi”ning telegram sahifasida yoritilgan ekan.

Qoyil, “Ozodlik Radiosi” bitta chiqish qiladi va hamma e’tibor qaratadi:vazir ham, hokim ham. Milliy mass-media o’nlab bunday holatlar haqida bong uradi, hech kim e’tibor qilmaydi: vazir ham, hokim ham.

Mayli, hozir gap bu haqda emas. Balki kecha rostdan ham, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qashqadaryolik onaxon fotosi, aniqrog’i, hokim bobo e’tiboriga muhtoj vaziyat haqida.

Suratdagi momo Nishon tumani Qirqquloch qishlog’ida yasharkan. U boshqalarga o’xshab, “davlat qilib bersin, men nochorman” deb nolimaskan. Ya’ni shu yoshida g’isht quyib, halol mehnat qilarkan.
@nasafnewsuz kanalining yozishicha, u kabi mehnatkash ayollardan o’rnak olsak, arzirkan.

Albatta, bu fikrlarga qo’shilolmaymiz. Aksincha, hokim bobodan iltimos qilmoqchimiz: “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan” fotoga ham e’tibor qaratib qo’ysangiz? To’g’ri, onaxon balki 20 million so’m pulni olishni ham rad etishi mumkin. Lekin baribir “hokimning bir kuni” loyihasi doirasida bir ko’ngil so’rab qo’yilsa, haqiqatdan ham, “ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan” va mahalliy mass-media nigohiga tushgan vaziyatga e’tibor qaratilgan bo’lardi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Hokim bobo, g’isht quyib, tirikchilik o’tkazayotgan momoga ham 20 million so’m bering

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: