Hokim shaffof ishlamoqchi! Ishonasizmi?

Shaffoflik hokimlik tizimida o‘ta muhim masala. Xalq bilan muloqot boshlanadi, korruptsiyaga barham beriladi, rejalar, dasturlar, xaridlar ochiq e’lon qilinadi, asosiysi, xalqning hokimiyatga ishonchi uyg‘onadi.

Xo‘sh, nima deb o‘ylaysiz: bugun quyi hokimlik tizimida shunday shaffoflikni istovchi yoki bunga tayyor hokimlar bormi?

«Yo‘q!» Shunday deb hisoblaysizmi? Sal shoshmang-da endi! Balki bordir! Xuv, uzoqroqdagi tumanlarda…

Mana, Muborak tumani hokimi Ulug‘bek Ernazarov tuman hokimligining rasmiy deb aytilayotgan telegram kanalida murojaat bilan chiqibdi.

Hokim ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolar o‘z muammolarini bemalol yozib qoldirishi, joylardagi holatlardan xabardor qilishda jamoatchilik nazorati kerakligi va bu borada fuqarolar yordamiga tayanishini aytibdi (!)

“Jamiyatdagi adolatsizlikka birga kurashamiz, bir hokim ulgurmaydi, sizlardan iltimosim, bir yoqadan bosh chiqarib, Muborak xalqini(ng) hayotini yaxshilashda birlashaylik. Menga ko‘maklashing, vaziyatdan xabardor qilinglar, hamkorlik uchun oldindan rahmat”, deb yozib qoldirgan tuman hokimi.

Aytish joiz, hokim murojaatidan so‘ng, fuqarolardan kelgan xabarlardan biri kanalga joylashtirilgandi, biroq negadir ko‘p o‘tmay murojaat o‘chirib yuborildi.

P.S. Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 14 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hokimlar va sektor rahbarlariga bu borada tegishli topshiriqlar bergandi.

“Hokimlarga shunday topshiriq: ertalab bir soat – 8 dan 9 gacha, kechqurun 21dan 22 gacha ijtimoiy tarmoqlardan tushgan savollarga mukammal javob berasizlar. Xalqimiz hamma narsani bilishi kerak. Mana shunga e’tibor qilamiz», deb ta’kidlagandi davlatimiz rahbari.

Suqrot Toshkandiy

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: