Hokimiyatdagi ayollar haqida 5 fakt

Bugun O‘zbekistonda ayol hokimlar soni 5 nafarga yetdi. Bo‘ston, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlariga ayol hokimlar tayinlandi.

1. Wikipedia ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 9 ta davlatning prezidenti ayoldir (Singapur, Gruziya, Slovakiya, Boliviya, Nepal, Tayvan, Estoniya, Trinidad va Tobago, Efiopiya), 9 kundan so‘ng, shu yilning 12 mart kunida esa Gretsiyada ham ayol kishi (Katerina Sakellaropoulou) prezident bo‘ladi.

2. 12 davlatda ayollar bosh vazir hisoblanib, hukumat boshlig‘idir (Germaniya, Serbiya, Islandiya, Daniya, Belgiya, Finlyandiya, Bangladesh, Norvegiya, Namibiya, Myanma, Yangi Zelandiya, Barbados).

3. 2 mamlakatning, Buyuk Britaniyada Yelizaveta II, Daniyada Margrete II, qirolichasi bor.

4. 1999 yili Shvetsiyada ilk marotaba ayol vazirlar (11 ta) erkak vazirlardan (9 ta) ko‘pchilikni tashkil etgan.

5. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Dilorom Toshmuhammedova 2007 yili O‘zbekiston prezidentligiga nomzod bo‘lgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: