Hozirgi pandemiyadan ko‘ra ancha og‘irroq bo‘ladi

Koronavirus pandemiyasi odamlarda vahima uyg‘otgani rost. Bugun aksirgan yo yo‘talgan zot borki, darrov tuzalishga harakat qiladi. Bunda, afsuski, ko‘pchilik antibiotiklardan keng, hatto shifokor tavsiyasisiz foydalanadi.

JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovichning aytishicha, nazoratsiz qabul qilingan antibiotiklar hozirgi pandemiyadan ancha yomonroq yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Uning fikricha, antibiotiklar pala-partish qabul qilinganda foyda bermaydi, o‘z navbatida, bu odamlar yuqumli kasallikka chalinganlarida davolashning samarali vositalari qolmasligiga olib keladi.

Agar biz hozir antibiotiklarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilmasak, unda koronavirusdan yomonroq pandemiyaga to‘qnash kelishimiz mumkin, – deydi Vuynovich.

JSST ekspertlarining ta’kidlashicha, COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi virus bo‘lgani uchun antibiotiklar unga qarshi samarali vosita emas.

R.S. Oramizda antibiotiklarni shifokor tavsiyasi bilan emas, dorixona sotuvchisi bilan bamaslahat ichadiganlar talaygina. Ularning bepul maslahati, bizga qimmatga tushishi mumkunligini unutmaylik.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: