Ikkinchi jahon urushi haqida

1. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda Germaniyaning Polshaga hujumi bilan boshlanib, 1945 yil 2 sentyabr kuni Amerikaning “Missuri” linkori bortida Yaponiyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi bilan yakun topgan.

2. Olti yilu bir kun davom etgan bu urushga 73 davlatdan 61 tasi qatnashib, yer shari aholisining 80 foizi jalb etilgan. Jang-u jadallar Yevropa, Osiyo, Afrika qit’alari va to‘rtta okeanda olib borilgan.

3.Ikkinchi jahon urushi atom bombasi qo‘llangan (yagona) qurolli to‘qnashuv hisoblanadi. Amerika aviatsiyasi 1945 yil 6 avgustda Yaponiyaning Xirosima shahriga “Kichkintoy” nomli, 9 avgustda esa Nagasaki shahriga “Baqaloq” nomli atom bombalarini tashlagan. Oqibatda Xirosimada 90 mingdan 166 minggacha, Nagasakida 60 mingdan 80 minggacha kishi halok bo‘lgan. Oradan 75 yil o‘tganiga qaramay, hamon Rossiya va Yaponiya o‘rtasida tinchlik bitimi tuzilmagan. Chunki Rossiya tarkibiga qo‘shib olingan Kunashir, Itirup, Xibomai va Shikotan orollarini Yaponiya haligacha o‘ziniki deb hisoblaydi.

4. Mazkur urush davomida 110 mln.dan ortiq inson armiyaga jalb qilingan, ularning 25 mln.ga yaqini halok bo‘lgan. Harbiy bo‘lmaganlarni ham qo‘shib hisoblaganda urush qurbonlari soni 65 mln.dan oshadi. Birgina Sovet ittifoqining o‘zida 1710 ta shahar, 70 mingdan ortiq qishloq, 32 mingta zavod va fabrika vayron bo‘lgan.

5. Ikkinchi jahon urushida yuzaga kelgan antigitler koalitsiyasi bazasida bundan keyin jahon urushlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tuzilgan. 1945 yil 26 iyunda San-Frantsisko konferentsiyasida 50 davlat vakillari tomonidan BMT nizomi tasdiqlangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: