Ilon Mask

Nima uchun mashhur?

Amerikalik milliarder (40 mlrd.), ixtirochi. PayPal kompaniyasining asoschilaridan biri, SpaceX va Tesla kompaniyalari bosh direktori. 3 mamlakat (AQSh, Kanada, JAR) fuqarosi. Dunyodagi eng qudratli insonlardan biri. Kosmik raketalar, elektromobillar va quyosh batareyalarining yangi turlarini ishlab chiqaradi. Marsda hayot qurish rejasi bor. Qisqa qilib aytganda, Ilon Mask fantastik superqahramon — Temir odamning tirik prototipidir.

Qanday mashhur bo‘lgan?

Ilon Mask 1971 yilning 28 iyunida JARda dunyoga kelgan (48 yosh). 1979 yilda ota-onasi ajrashib ketgach, 9 yoshli Ilon va uning ukasi otasi bilan yashashga qaror qilishadi. Otasining iqtisodiy muammolari bo‘lgani sabab bir necha oy mashinada uxlashlariga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilik yillarida juda og‘ir-bosiq bola bo‘lib, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rgan. Yoshligidanoq entsiklopediyaning ikkita jamlanmasini o‘qib chiqadi. Bo‘sh vaqtining hammasini kompyuter ekrani qarshisida yangi texnologiyalarni o‘rganish bilan o‘tkazadi. Ammo nima uchundir Maskni tengdoshlari ko‘p kalaka qilishardi, hatto bir kuni uni shu darajada kaltaklashadiki, singan burnini to‘g‘irlashga to‘g‘ri keladi. Qanday qilib maktabda ko‘pchilik ustidan kulgan bola bunday ishbilarmonga, yirik kompaniyalar rahbariga aylandi? Gap shundaki, u 12 yoshida o‘zining kompyuterda yaratgan birinchi dasturi — «Blastar» nomli o‘yinini 500 dollarga sotadi. O‘rta maktabni tugatganidan so‘ng armiyaga borishni istamasdan Kanadaga yo‘l oladi. Muammosiz Kuins universitetiga o‘qishga kiradi. Lekin endi o‘zini o‘zi boqishi kerak bo‘lgani uchun qora mehnat bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Ikki yildan so‘ng o‘qishini Pensilvaniya universitetida davom ettiradi. U yerda qora mehnatdan qutulib, biznes qilishga kirishadi. Uning birinchi tashkil etgan kompaniyasi Zip 2 Corporation bo‘lgan. Ko‘p pul sarflamaslik uchun 4 yil ofisda tunab qoladi. Keyinchalik kompaniyaning sotilishidan 22 mln. dollarga ega bo‘lgan Mask bir necha yirik kompaniyalarga asos soladi. Mehnatsevarligi sabab tez orada milliarderga aylanadi. Maskning shaxsiy hayotida bir necha ayollar bo‘lgan. Ular orasida aktrisa Rayli, Emberd Xyord, keyin esa Grayms. Umumiy hisobda 6 marotaba farzandlik bo‘lgan. So‘nggi farzandiga X Æ A-12 deb ism qo‘ymoqchi bo‘lgan. Yaqinda aktyor Tom Kruz bilan birgalikda tarixda ilk bor kosmosda jangari film suratga oladi.

Mashhur nima deydi?

«Agar iloji bo‘lganda, ovqatlanishga ketgan vaqtimni ham ishga sarflagan bo‘lar edim».»Xato qilish qo‘rqinchli emas. Asosiysi bir xatoni ikki martta takrorlamaslik».»Men Marsda vafot etishni xohlar edim. Shunchaki, bir mushtdan emas».

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: