Islom Karimov o‘zbek va qirg‘izlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvni oldini olgan rahbar

Bugun O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni. Oxirgi 3 yil ichida I.Karimov haqida yaxshi-yomon gaplar aytildi. Birda rost, birda yolg‘on ma’lumotlarni o‘qidik. Karimovga haq-u nohaq tosh otganlar ham bo‘ldi. Ammo nima bo‘lganda ham Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti nafaqat O‘zbekiston uchun, balki Markaziy Osiyo taqdirida muhim rol o‘ynagan davlat arbobi sifatida tarixda qoladi.

I.Karimovning Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev shunday degan edi. “Agar o‘shanda Karimov aralashib, o‘zbeklarni to‘xtatib qolmaganda, O‘sh va O‘zgan shaharlarida o‘zbek va qirg‘iz millatlari o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar bo‘lar edi. Markaziy Osiyo mamlakatlari rivojlanishdan bir necha o‘n yillar orqada qolib ketardi.”

I.Karimov O‘zbekiston Prezidenti sifatida mamlakatimizni chorak asrdan ziyod vaqt boshqardi. U 2016 yilning 2 sentyabr kuni 78 yoshida olamdan o‘tdi. Islom Karimov O‘zbekistonni mustaqilikka yetaklagan rahbar sifatida hamisha yodimizda qoladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: