Iste’molchiga o‘zi to‘lagan mablag‘ni nima maqsadda ishlatilgani haqida ma’lumot taqdim etilishi shart

Iste’molchi doim haq. Bu fikrga qo‘shilgan holda shuni aytmoqchimanki, Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga o‘zgartirishlar kiritilayotgan paytda iste’molchining unga ko‘rsatilgan xizmatdan ko‘ngli to‘lishi, ishonch hosil qilishi uchun u to‘lagan mablag‘ni qanday maqsadlarda ishlatilgani haqida ma’lumotni taqdim etish juda muhimdir. Ayniqsa, xususiy klinikalar va xususiy davolash muassasalarida bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatilgach, xizmat ko‘rsatish natijalari haqidagi dalolatnomani (акт выполненных работ) taqdim etish tartibini joriy etish kerak.

Bu taklifni nega ilgari surayapman? Negaki, ko‘rsatilgan xizmat dalolatnomasini iste’molchiga ma’lum qilmaslik ham uning huquqlari buzilishini anglatadi, — deya taklif bergan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: