Jahon chempionatlari haqida 5 fakt

Bugun tarixda futbol bo‘yicha ilk jahon chempionatiga start berilgan.

1. Futbol bo‘yicha 1-jahon chempionati 1930 yilda Urugvay davlatida bo‘lib o‘tgan. Unda 13 tеrma jamoa ishtirok etgan. G‘oliblik mezbonlarga nasib qilgan.

2. Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa Braziliya terma jamoasidir. Ular 5 marta shohsupaning yuqorisidan joy olishgan (1958, 1962, 1970, 1994, 2002).

3. Jahon chempionatlari final bosqichlarida eng ko‘p gol urgan futbolchi Germaniyalik Miroslav Klozedir. U 2002-2014 yillar davomida 16 marta darvozani aniq nishonga olgan.

4. Mundiallar tarixida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabon Valter Dzenga hisoblanadi. U 1990 yilgi mundialda Italiya terma jamoasi safida 517 daqiqa darvozasini «ozoda» saqlay olgan.

5. Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p bahsni boshqargan referi Ravshan Ermatovdir. Нamyurtimiz jami 11 ta bahsda bosh hakamlik qilgan. Bu mutlaq rekord natija hisoblanadi.

Nima deb o‘ylaysiz, O‘zbekiston qachon jahon chempionatiga chiqadi?

  Suxrob Sadriy

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: