Jahon matbuoti erkinligi kuni haqida

1. 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunini nishonlash Afrika mamlakatlarining mustaqil matbuot vakillari tashabbusi bilan vujudga kelgan. Ular 1991 yili 3 mayda Namibiyada Vindxuk deklaratsiyasini qabul qilgan. Unda dunyodagi barcha hukumatlarni matbuot erkinligini ta’minlashga da’vat etgan.

2. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 13% aholisi, ya’ni har 7 insonning biri to‘laqonli matbuot erkinligini yoqlaydi.

3. «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti har yili «matbuot erkinligi dushmanlari» ro‘yxatini tuzadi. Bu yilgi ro‘yxatda 20 ga yaqin davlat rahbarlari kiritilgan.

4. O‘tgan yili 52 nafar, joriy yil shu kuniga qadar 11 nafar OAV vakili o‘ldirilgan. Hozirda 360 jurnalist professional faoliyati sababli qamoqda.

5. Ilk marta Jahon matbuoti erkinligi kuni koronavirus pandemiyasi sababli o‘tkazilmadi. Ushbu tadbir 18-20 oktyabr kunlari Xalqaro jurnalistlarga qarshi qilingan jinoyatlarning javobsiz qolmasligi kuni bilan birgalikda nishonlanishi rejalashtirilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: