Janubiy Koreyaliklar haqida 5 fakt

1. Haydovchilar 3 daqiqa-yu 45 soniya davomida yonib turuvchi svetoforning qizil chirog‘iga atrofda avtomobillar bo‘lmasa ham bo‘ysunishadi.

2. Yigitlarning pardoz qilishi esa Koreyada odatiy hol sanaladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular yiliga o‘rtacha 900 mln. dollar mablag‘ni ana shu maqsadda sarflashar ekan.

3. Har bir tamaddidan so‘ng, hatto qahva ichilgandan keyin tishlarini tozalashadi. Ko‘pchilik esa tish cho‘tkalarini doim o‘zlari bilan birga olib yurishadi. Buni qarangki, koreyslar bir marta tish tozalashlari uchun 20 daqiqadan ortiqroq vaqtlarini sarflashar ekan.

4. Yoshlar orasida videoo‘yinlar shunchalik ommalashganki, matchlar hatto telekanallar orqali namoyish etiladi. Kompyuter o‘yinchilari Amerikadagi rok yulduzlari kabi mashhur.

5. Koreyaliklarning familiyalari juda qisqa, ismlari esa o‘ta murakkab va ko‘p harflardan iborat. Shu tufayli bir-birlariga, asosan, familiyalari orqali murojaat qilishadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: