JSST Rossiyani Koronavirusga qarshi emlashdan ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda

Ushbu haftada Rossiya koronavirusga qarshi vaktsinani ommaviy tarzda ishlab chiqarishini ma’lum qilgan edi. Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko vaktsinaning klinik sinovlari yakunlangani va oktyabr oyida ommaviy emlash boshlanishi mumkinligini aytgan. Ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Kristian Lindmayer Rossiyada ishlab chiqarilgan ushbu vaktsina to‘g‘risida shunday fikr bildirmoqda:

— Xalqaro tan olingan amaliyot va qoidalar mavjud bo‘lib, har bir vaktsina yoki boshqa dori-darmonlar, shubhasiz har xil klinik sinovlar va amaliyotlardan o‘tishi kerak. Shundan keyingina litsenziya olish va undan foydalanish mumkin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ba’zan ayrim tadqiqotchilar nimadir topganini e’lon qilishadi. Tabiiyki, bu yaxshi. Ammo taxmin qilish yoki ehtimol bilan ishlaydigan emlash bilan barcha bosqichlardan o‘tgan vosita o‘rtasida katta farq bor.

Shu sabab hozircha N.F. Gameliya milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan mazkur vaktsina JSSTning 3-bosqich sinovlaridan o‘tayotgan oltita dorilardan biri hisoblanmaydi.

Guloro Yusupova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: