Kambag‘alning farzandi ham kambag‘al bo‘lishiga biz sababchi emasmi?

Bugungi kunda yurtimizda kambag‘allikka qarshi kurash borasida jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bu masala Prezidentimiz murojaatlarida qayta-qayta ta’kidlandi, qolaversa, BMTning ming yillik rejasiga ham kiritilgan. Xo‘sh, aslida bu boradagi ahvol qay darajada?

4-5 million aholimiz kambag`al

O‘rtacha kunlik daromadi 10-13 ming so‘mdan oshmaydigan kishi kambag‘al deb belgilansa, demak, yurtimizda 4-5 million aholi kambag‘allik holatida istiqomat qiladi. Men esa ayrim shunday toifadagilarni kambag‘allar emas, iqtisodiy bilimi yetarli bo‘lmagan insonlar, deb atagan bo‘lardim. Chunki ular o‘z kuchi va jismoniy mehnatini yetarlicha baholay olishmaydi, ularda o‘z-o‘ziga ishonch yetishmaydi.

Bilasizmi, menimcha, bunda inson biografiyasining ham ta’siri bor. Ayrimlarda otam mardikorlik qilib kun kechirgan, mening ham qismatim shu, degan qarash shakllangan. Bizga qanchalik ertak hisoblanmasin, dunyo hamjamiyatida “xarobadan chiqqan millionerlar” talaygina. Buyuk ixtirolarning asoschilari ham aslida oddiy odamlar bo‘lgan.

Jek Ma. Juda kambag‘al oiladan chiqqan. Hozirda uning boyligi 48 mlrd dollarga teng deb baholanadi.

Shunday ekan, biz ham o‘ziga ishonchsiz insonlarda yaxshi yashashga bo‘lgan intilishini shakllantirishimiz kerak. Buning uchun esa ta’lim tizimida tenglikni ta’minlab, har bir o‘quvchiga kerak bo‘lsa, individual yondashib, har bir o‘quvchining barobar o‘zlashtirishiga erishish lozim. Hozirgi kambag‘alga yordam berish bilan birga uning avlodini iqtisodiy bilimli qilib tarbiyalab, kelajakdagi “fojiasi”dan asrash ham muhim, nazarimda. To‘g‘rimi yoki mening gaplarim ertakday tuyulyapdimi, Sizga?!

Guloro Yusupova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: