Karantin haqida 5 fakt

1.Karantin (italyancha) quarantena so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, 40 kun degan ma’noni anglatadi. Bu kasallikni yuqtirgan yoki yuqtirganligi haqida gumon qilinayotgan shaxs, odamlar guruhi bilan aloqa qilishni cheklashga (izolyatsiya) qaratilgan tadbirlar majmui, punkt yoki hudud.

2. Ilk marotaba karantindan XIV asrda Venetsiyada boshqa mamlakatlardan kelgan kemalarning portga kirishini kechiktirish uchun foydalanilgan. Karantin to‘g‘risidagi birinchi qonun esa 1374 yili Reggio Emilya shahrida e’lon qilingan bo‘lib, u Italiyaga “qora o‘lim”ning kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan.

3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra esa, karantin qoidalarini buzganlar 22 million so‘mdan jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin. Agar bu harakatlar odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ham qo‘llaniladi

4. Hindistonda karantin qoidalarini buzgan 10 nafar sayyohga «Men qoidaga amal qilmadim, kechiring» deb, 500 marta yozishni buyurishgan.

5. COVID-19 sabab paydo bo‘lgan karantin dunyodagi eng katta karantindir.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: