Karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilandi

15 avgustdan avtotransport vositalarining kun davomida yurishi, mahalliy avia va temir yo‘l qatnovi uchun ruxsat berish kerakligi aytildi;

Sanatoriylar, mehmonxonalar, muzeylar, bolalar oromgohlari, dala hovlilar ijarasi, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar, ochiq havoda xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish ob’yektlari faoliyati ham tiklanadi;

Belgilangan talablarga amal qilgan holda uyda 30 kishilik oilaviy marosimlar o‘tkazish mumkin bo‘ladi;

17 avgustdan hududlar o‘rtasida avtotransport qatnovi, jamoat transporti (metropolitendan tashqari) va shahar atrofidagi avtobuslar qatnovi tiklanishi belgilandi.

20 avgustdan buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari, yirik savdo do‘konlari, sport zallari, fitnes klub va basseynlar ishlay boshlaydi.

Karantin muddati 7 kunga qisqartiriladi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan davlatlardan kelgan shaxslarni karantinga olmaslik tartibi joriy etiladi.

Virus kamaygan davlatlardan kelganlar uy karantiniga va virus kamaymagan davlatlardan kelganlar esa alohida karantinga olinadi. 7 kunlik karantindan keyin testlar virus yo‘qligini tasdiqlaydigan bo‘lsa, fuqaro karantindan chiqariladi.

Fikr bildirish