Keling, birga sayr qilamiz!

Har kuni 15 daqiqa piyoda yurishga 15 sabab bor! Bilasizmi?

1.Sayrlar tushkunlikdan halos bo‘lish va kayfiyat ko‘tarishning eng samarali va hamyonbop usulidir
(sport zalda emas, aynan ochiq havoda).
2.Biror ishga bo’lgan ilhom farishtalaringiz yo‘qolib, sizni ruhlatiradigan biror narsa qidirayotgan bo‘lsangiz yoki g‘oyalaringizni hayotiy tatbiq etishga oshiqayotgan bolsangiz, sayr qiling!
3.Allergiya mavsumida uyda o‘zingizni barrikada qilishni bas qiling! Ona tabiatning o‘zi allergik xastaliklar — ko‘z yoshi va aksirish dardlaringizga malham bo‘lajak. Olimlarning aniqlashicha, yurish (yugurish ham allergiya alomatlarini  samarali davolashda foyda beradi (Ajabo, dorisiz ham amallasa bo‘larkan-da)!
4.Yuqori qon bosimi, qondagi shakarning yuqoriligi, ortiqcha vazn kabi sog‘liqdagi muammolarni о‘zichiga olgan metabolik sindromiga qarshi kurashish uchun ham sayr qilishning ahamiyati beqiyos.
5.Piyoda yuradigan odamlar o‘zlarini  baxtli his etarkanlar. Demak, o‘z-o‘zidan hayotingiz ham uzayadi. 6.Muntazam ravishda piyoda yurishni odat qilganlar, dangasa tengdoshlaridan anchagina yoshroq Ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tez qarishni istamasangiz, nima qilish kerak ekanligini tushundingiz 7.Uyquchi yo aksincha uyqusizligingizga kechki sayr ayni muddao! 8.Bizning dunyomizda stress noyob hodisa emas. Aksincha, jismoniy va ruhiy zarar yetkazuvchi omil. Sayr kortizol miqdorini me’yorlashtirib, ongni tozalashga yordam beradi. 9.Pulingizni tejaydi. Axir fitnes klublarga a’zo bo’lishga doim ham cho‘ntagimiz bardosh bermasligi mumkin. Piyoda yurishga esa sizga na maxsus kiyim, na jihoz kerak bo’ladi. Lekin mos juftlik bilan chiqish tavsiya etiladi. 10.Yaxshi xotira, kognitiv qobilyatlar, dementsiya va Altsgeymer kasalliklari havfini kamaytiradi. 11.Xronik kasallik bilan chalinganlarning dardini bir muncha yengillatadi. 12.Osteoporoz, umurtqa deformatsiyasi, mushak-skelet tizimida boshqa muammolarga yechim bo‘ladi, bir so‘z bilan aytganda, suyaklarni mustahkamlaydi. 13.Yoshga bog’liq ko’rish muammolari ertami-kech barchamizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Yurish  uzoq vaqt davomida ko’zni sog‘lom saqlashga yordam beradi. 14.Yaqinlar bilan sayr qilish, ular bilan suhbat qurish munosabatlarni yanada yaxshilashda eng zo‘r imkoniyatdir. Va nihoyat. 15.Jismoniy faollik, saraton, diabet, yurak va o’pka kasalliklarini oldini oladigan sehrli “tabletkadir”! Haqiqiy dorilardan farqli o‘laroq, nojo‘ya ta’sirga ega emas hamda retsept talab qilmaydi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: