Kitob haqida

1. II-IV asrlardan boshlab, Qadimgi Rimda xuddi hozirgi kitoblarning varaqlari singari buklab, tikib tayyorlanadigan va bir-biriga biriktiriladigan birinchi muqovali kitob(lar) — kodeks paydo bo‘lgan. XV asrning 40-yillarida esa Germaniyada Iogann Gutenberg tomonidan ilk bor kitob bosish ixtiro qilingan.

2. Ksilografiya — kitob nusxalarini ommaviy ravishda ko‘paytirishning ilk ko‘rinishi hisoblanadi. Mashhur yozuvchi Agata Kristining nashr etilgan kitoblari nusxasi 2 milliarddan oshadi.

3. O‘zbek tilidagi birinchi bosma kitob Shohimardon Ibrohimovning 1871 yil Xivada bosilgan “Kalendar” kitobidir.

4. Dunyoda sotilgan kitoblarning yarmidan ko‘pini 45 yoshdan oshgan kishilar sotib olishar ekan. Shuningdek, ayollarning erkaklarga nisbatan ko‘proq (68%) kitob sotib olishlari ma’lum qilingan.

5. Hozirgi paytda dunyodagi eng katta kitob — “Bu — Muhammad (s.a.v.)” nomli asar bo‘lib, u Dubaydagi savdo markazida saqlanadi. Bu kitobni tayyorlash uchun 9 oy va 50 kishining mehnati sarflangan. Uning og‘irligi 1,5 tonnaga teng.

Sayyora Qodirova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: