Ko‘mir sotib olishga majbur xalqning dardini kim tinglaydi?

Andijonlik deputat Jaxongir Jiyanov ham ayni kunlarda trendga aylangan ko‘mir, gaz muammolari bo‘yicha post yozibdi:

Odamlarimiz o‘rganib qolishdi, aniqrog‘i, ko‘nikishga majbur bo‘lishyapti. Qay holatga deysizmi? Albatta, kuz-qish mavsumida suyultirilgan gaz ballonlarining aholiga belgilangan muddatlarda yetkazib berilmasligiga-da! Tabiiy gazni-ku gapirmasa xam bo‘ladi. Ko‘pchilik bu tabiiy ne’mat xaqida allaqachon umid uzgan…

Mamlakatning tabiiy boyliklarining xaqiqiy egalari aslida XALQ bo‘lsa-da, tabiiy gazning berilmasligi, elektr energiyasini kunlar sovib ketishini baxona qilib tez-tez va doimiy uzulishlari aholining jon-jonidan o‘tib ketdi.

Axir yashash uchun kurashish kerak: jon saqlash uchun esa xonadonlarini isitishga ko‘mir sotib olishga majbur bo‘lmoqdalar.
Tabiiyki bunday holatlar ko‘mir (monopoliyasi) sanoatining gullab yashnasiga hamda atrof-muhitning, havoning ifloslanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.

2020 yil 1 sentyabr holatiga ko‘ra, yirik korxonalar tomonidan 2,2 mln tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda ko‘mir ishlab chiqarish hajmi 158 ming tonnaga kamaygan…

P.S. 2020 yil 8 oyi davomida Tojikistonga 139,5 million kubometr gaz yetkazib berilgan. Yil oxiriga qadar shartnomaga asosan 200,0 million kubometr xajmda berish kelishilgan.

Xo‘sh, muhtaram mas’ullar, masalaga qanday yechim topamiz?

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: