Koreya politsiyasi jinoyatchiga «choy» berdi, Chiroqchida esa militsiya gumondorni urib o‘ldirdi

Ijtimoiy tarmoqda Koreya politsiyasi o‘g‘rilik qilgani videoyozuvga tushib qolgan ota-bolaga “choy bergani” va ishga joylagani haqida xabar tarqaldi. Xabarda aytilishicha, ota-bola do‘konga kirib, sumkasiga sut, 6 dona olma va ichimlik joylaydi. Buni video kuzatuvda ko‘rib turgan do‘kon egasi ularni kassa oldida to‘xtatadi. Xijolat bo‘lgan ota faqat “Meni kechiring” deya oladi, xolos. Politsiya kelib surishtirib ko‘rsa, o‘g‘rilikni sodir etgan 34 yoshli koreys fuqarosi 6 oydan buyon betobligi sabab ishsiz qolgani aniqlanadi. Voqeani o‘rgangan politsiya ularni yaqinroq restoranga olib borib ovqatlantiradi. Vaholanki, politsiya ota-bolani bu qilmishi uchun qamab yuborish ham mumkin edi. Lekin, politsiya o‘g‘rilik qilishga majbur bo‘lgan otaga doimiy ish topib berdi.

Bizda esa vaziyat butunlay boshqacha. Yaqinda Chiroqchida mol o‘g‘riligiga gumonlangan ota-bola militsiya tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Ota voqea joyida halok bo‘ldi. Vaholanki, ularning mol o‘g‘irlaganini ko‘rgan na biror guvoh topildi va na biror videoyozuv. Militsiya “delo”ni yopish uchun aybni begunoh ota-bolaning bo‘yniga “ilmoqchi” bo‘lgan.

Bizning militsiya 25 yil davomida nima bilan shug‘ullanganini endi tushungandirsiz-a?

Hasan SALOMOV,
jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: