Korruptsionerlar kuchaymoqdami yoki korruptsiyaga qarshi kurashayotganlar?

Kunaro kamida bir korruptsioner qo‘lga olingani haqida o‘qiyapmiz. Tavba, jamiyatimizda shuncha korruptsionerlar ko‘payganmi? Ularning oxiri ko‘rinmayapti-ya!

Mana bunga nima deysiz? Bektemir tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tanishlari orqali bir ayolni poytaxtdagi tug‘uruqxonalardan biriga rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun 30 ming dollar so‘raydi va 10 ming dollarni olayotgan paytda qo‘lga olinibdi.

P.S. Bir necha kun oldin Bosh prokuror oxirgi 2 yilda korruptsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trillion so‘mdan oshgani, 1 ming 986 nafar mansabdor shaxs korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: