Kunjutning foydali xususiyatlari

Bugungi kunda dasturxonlarimizdagi pishiriqlarni kunjutsiz tasavvur qilish qiyin. O‘zining xushbo‘y hidi, yoqimli ta’mi bilan shirinliklar, somsalarni bezayotgan bu ziravorning qanday xususiyatlari bor?

Qayta ishlov berilmagan, tabiiyligi saqlangan kunjut iste’mol qilinsa, undagi foydali xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Pishirilgan kunjutda esa faqatgina xushbo‘y hid qoladi, tarkibidagi kerakli moddalar ahamiyatini yo‘qotadi. Kunjutda sezamin nomli antioksidant mavjud bo‘lib, u ko‘pgina xastaliklarning oldini oladi, shu jumladan, saraton kasalligiga qarshi samarali hisoblanadi.

Kunjutning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, u qon tarkibidagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Kalsiyga boyligi uchun kunjut soch va tirnoqlar uchun ham koni foydali. Osteoporoz rivojiga to‘sqinlik qiladi.

Kunjut tarkibidagi tiamin mikroelementi modda almashinuvi va asab tizimining yaxshi ishlashini ta’minlaydi.

Bu ziravor aterosklerozning oldini oladi. 45 yosh va undan katta yoshdagi ayollar uchun foydali jihatlari ham ko‘p. Chunki tarkibida kerakli garmonlar yetarlicha mavjud.

Kunjut yog‘idan kosmetologiyadan keng foydalaniladi. Kunjutning kunlik me’yori ikki-uch osh qoshiqni tashkil qiladi.

Aslini olganda, kunjutni ziravor emas, oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shimcha deyish mumkin. Yoqimli va biroz taxir mazasiga ega bo‘lgan sababli tana quvvatini oshirishda, oshqozonni tozalashda, jigar faoliyatini yaxshilashda ishlatiladi. Kunjut, ayniqsa, katta yoshli kishilarga, bemorlarga va quvvatsizlarga foydali.

Kunjut urug‘idan holva tayyorlash orqali uni ko‘proq iste’mol qilish mumkin, biroq bu kabi shirinliklar ortiqcha shakar va kaloriyani o‘z ichiga olishini ham unutmaslik kerak.

Kalsiyning boshqa manbalari singari, kunjutning ikkinchi salbiy tomoni fitin kislotasidir. Shuning uchun ham dono xalqimiz samarali foydalanish yo‘lini topib, uni qandolat va pishiriqlarda ishlatgan. Shakarning ham ozi foyda qilganidek, bu mitti urug‘dan o‘rnida foydalanilsa, koni foydadir.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: