Kutubxonalar haqida 5 fakt

Bugun O‘zbekistonda kutubxonachilar kuni

1. Dunyodagi eng qadimiy kutubxona Misrning Muqaddas Yelena ibodatxonasida joylashgan. Kutubxona miloddan avvalgi VI asrda ochilgan bo‘lib, u haligacha o‘z faoliyatini to‘xtatmagan.

2. Dunyodagi eng yirik kutubxona AQSH Kongressi kutubxonasi sanaladi. Uning fondida 150 million nusxadan ortiq kitoblar bor. U 1800 yilda AQSH prezidenti Jon Adams tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, hozirda kutubxonaga yiliga 1 million 700 ming kitobxon tashrif buyuradi.

3. Kosmosda ham kutubxona bor. U Xalqaro Kosmik Stantsiyada joylashgan. Hozircha yuzdan ortiq kitoblarni kosmonavtlar o‘qiy olishadi.

4. Amerikalik biblioman Stiven Blumberg o‘zining kitoblarga bo‘lgan g‘alati «mehri» sabab jahonga dong taratgan. Umri davomida u kutubxonalardan qiymati bir necha million dollar bo‘lgan 20 mingdan ortiq kitoblarni o‘g‘irlagan. Bundan 268 ta kutubxona zarar ko‘rgan. Stiven Blumberg bir necha marta panjara ortiga tushgan. Biroq ozodlikka chiqqach yana eski mashg‘ulotini davom ettirgan. Qizig‘i, kitoblardan birortasini sotmagan va ularga zarar yetkazmagan.

5. O‘zbekistondagi ilk kutubxona 1870 yil Toshkent ommaviy kutubxonasi sifatida ochilgan.1948 yil kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan. 2011 yil «Ma’rifat markazi» bunyod etilib, undan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi joy oldi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: