
Madaniyat vaziri: “Gavhar Sharipova ruhan nosog‘lom edi”
Baxtiyor Sayfullaev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri:
Bugun o‘qib qoldim: «Men ham Gavhar Sharipovadek o‘lib ketsam kerak», «U qiynaldi» va boshqa-boshqa gaplar. Aktrisa Gavhar Sharipovaning ruhiy kasallikka tushib qolishiga teatr yoinki atrof-muhit sabab emas. Men buni ochiq aytaman. «Anaqa bo‘ldi, unaqa bo‘ldi», deb yozishibdi… Keyingi vaqtlarda necha marta “O‘zbekkontsert”ga ham borgan, bizga ham kelgan, kechirasizlar-u, u ruhan nosog‘lom edi.