Madaniyat vaziriga ochiq xat

Sharofiddin To‘laganov:

Assalomu alaykum, Ozodbek aka.

Avvaldan aytib qo‘yay, uyimda divan ham yo‘q, xotinim bilan oxirgi marta qachon janjallashganimni ham eslay olmayman. Shu sababli meni g‘alamislar safiga qo‘shmaysiz, degan umiddaman.

“Archa bayramlarida o‘n kunlab xalqimizning xizmatini qiladigan” (bu sizning iborangiz) xonandalaringizga aytib qo‘ysangiz, xayriya ham qilishmasin, ehson ham qilishmasin. Ularning puliga xalqimiz zor emas. Faqat uylarida o‘tirvolib oshxonasini, qilayotgan qozon kaboblarni ko‘rsatib xalqimizga “Uyda o‘tiring” deya murojaat qilishmasin. Iltimos, ulardan boshqa hech narsa talab qilmaymiz.

Bir rivoyatdagi, asal yeb turgan tabib bemorga “asal yema” desa samara bermaganidek, dasturxoni to’kin-sochin xonanda birovlarga “Uyda o‘tiring” desa g‘alati bo‘larkan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: