
Madaniyat vazirligida 12 mlrd so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan
Aksariyat qonunbuzilish holatlari ta’lim tizimida kuzatilgan. Tizimda umuman ishlamaydigan odamlarga yillar davomida oylik yozib kelingan.
Vazirliklar va hokimliklarda ham ahvol shu. Madaniyat vazirligida amalda yetkazib berilmagan mahsulotlar, bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 12 mlrd so‘m byudjet mablag‘i talon-toroj qilingan. Biz: “Moddiy-madaniy meros ob’yektlariga qaranglar, madaniyat markazlari xarob ahvolda”, desak pul yo‘q deyishadi. Amalda esa ahvol mana bunday,
— dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva o‘ninchi yalpi majlisda.
P.S. Avvalroq Madaniyat vazirligi tomonidan kosmetik pudrani 56 barobar oshirilgan narxda grim deb sotib olingandi. Oqibatda 2,3 mlrd so‘m mablag‘ talon-taroj qilingani ma’lum bo‘lgandi.