Makron: “Men karikaturalarni qo‘llab-quvvatlaganim yo‘q”

Makron o‘zini noto‘g‘ri tushunishgani haqida gapirdi.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransiya hukumatining 2015 yilda Charlie Hebdo jurnalida chop etilgan payg‘ambar karikaturalariga hech qanday aloqasi yo‘qligini va musulmonlarning bunday karikaturalar sababli kechirayotgan his-tuyg‘ularini tushunishini aytdi. U bu haqda Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Siyosatchining ta’kidlashicha, bu karikaturalarni Fransiya hukumatiga aloqasi bo‘lmagan mustaqil nashr chop etgan. “Bu hukumat loyihasi emas”, deb ta’kidlab o‘tgan Makron.

Fransiya prezidenti musulmonlarning payg‘ambarga karikaturalardan g‘azabga tushayotganlarini tushunishini va islom olamida Fransiyaga qarshi o‘tayotgan noroziliklar Parij yaqinida sodir etilgan teraktdan keyin aytgan so‘zlari noto‘g‘ri talqin etilgani sababli boshlanganini aytgan. “Odamlar buni go‘yoki men bu rasmlarni qo‘llab-quvvatlashimdek tushunishdi, biroq bunday emas”, deb aytgan Frantsiya prezidenti.

“Men bunday his-tuyg‘ularni tushunaman va hurmat qilaman. Biroq mening rolim nimadan iboratligini tushunishingiz kerak. U ikkita narsani ta’minlashi kerak: tartibni va hukuqlar himoyasini”, deb aytgan Makron va Fransiyada “erkin gapirish, yozish, fikrlash, rasm chizish” huquqini doim himoya qilishini qo‘shimcha qilgan.

16 oktyabrda Parij yaqinidagi Koflan-Sent-Orion shahri kollejlaridan biri o‘qituvchisi, o‘z o‘quvchilariga Muhammad alayhissalomga karikaturalarni namoyish qilgan Samuel Pati o‘ldirilgandi. Uni o‘ldirishda chechen millatiga mansub 19 yoshli Abdulak Anzorov gumon qilinmoqda. Anzorov Twitter’da o‘qituvchini payg‘ambarni haqoratlagani uchun “qatl etgani” haqida xabar qoldirgan.

Makron ushbu qotillikni “islom terrorchiligiga xos xatti-harakat” deb atagandi. Frantsiya prezidenti undan avvalroq, oktyabr oyi boshidagi ma’ruzasida “islom dini dunyo bo‘ylab inqiroz holatini boshdan kechirmoqda” deya ta’kidlagandi. Ammo payg‘ambar Muhammad alayhissalomning karikaturasi chizilganini so‘z erkinligi deb hisoblashi ko‘plab davlatlarda musulmonlar g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: