Marhum Karim Kamolovning noyob suratlari

Karim Jamolovich Kamolov 1955 yil Buxoro shahrida tug’ilgan. Buxoro muhandislik-texnologiya instituni tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida “O’zagroqurilish” va “O’zjamoaqurilish” birlashmalarida ishlagan.

1994-2007 yillarda Buxoro shahar hokimi bo’lgan. 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bo’lgan. 2007-2017 yillarda “20-trest” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi sifatida ishlagan.
Karim Kamolov 2017 yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan. 2019 yil 29 avgustda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 2020 yil fevral oyi oxirida Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan.

Karim Kamolovda joriy yil 25 iyul kuni koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi. Bugun davlat va jamoat arbobi, Buxoro viloyati hokimi v.b. Karim Jamolovich Kamolov 66 yoshida vafot etdi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: