O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi Mamarizo Nurmaratovga murojaat

Yetti o‘lchab, yetmish yetti marta o‘ylab, keyin Qaror qabul qiling!

Hurmatli Markaziy bank Raisi, o‘ylaymanki, mening savollarimga aniq, qisqa va lo‘nda javob berasiz.

Ma’lumki, 16.06.2020 sanasida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning PQ-4752 sonli «Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida»gi qarorlari qabul qilindi… Ushbu Qarorga muvofiq tijorat banklariga 7 yil muddatga, 3 yil imtiyozli davr asosida yillik 11 foiz (Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan 4
foiz kam) miqdorida resurslar ajratilishi belgilab qo’yildi, hamda ushbu Qarorga muvofiq, 100 mln AQSH dollari ekvivalenti miqdorida mablag’ ajratish belgilandi.

Endi savolga o’taman. Nega Tijorat banklari tadbirkorlarga ushbu kreditni 7 yilgacha muddatga emas, balki 3 yilgacha muddatga bermoqda?

Aytishlaricha, Siz va Jamshid Qo‘chqorovning qo‘shma xati mavjud bo‘lib, unda tadbirkorlarga ushbu Qaror bo’yicha kredit 3 yilgacha berilishi nazarda tutilgan ekan.

Ikkinchi savol. Agar tadbirkor aholiga yuk tashish xizmatini tashkil qilmoqchi bo‘lsa-yu, kredit xisobiga Labo avtomashinasini sotib olmoqchi bo‘lsa, Labo tadbirkor qo‘liga 4 yoki 5 oyda kelib tushsa, xali ishga tushmagan loyiha uchun bankka 5 oylik foiz to’lovi unda nima bo‘ladi?

Nega Qarorda Prezident tadbirkorlarni o‘ylab, 7 yilgacha resurs beradi-yu, Markaziy bank tadbirkorlarga bu pullarni 3 yilgacha berishni qat’iy belgilab qo‘yadi?

Xullas, Markaziy bank yetti o‘lchab, bir kesib, Qarorni to‘g‘ri tahlil qilib, keyin qaror qabul qilsa, maqsadga muvofiq bo‘larmidi?..

Dilshod Daliyev

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: