Mashina narxlari pasayadi degandim… Lekin…

Deputatlar so‘zlariga ko‘ra UzAM avto narxlarini asossiz ravishda 3 mln dan 19 mlngacha oshirgan emish. Yaqin orada balki shu narxga tushurishadi ham, agar yutishsa.

Lekin mantiqan olib qaraylik. Qaysi mashina atigi 3 mlnga qimmatlashtirilib sotilayotgan ekan?

Saytda hozir eng arzon mashina – oddiy mexanika Spark 73 mln so‘m turadi. Endi 70 mln bo‘ladimi shunda?

Yoki 20 yil oldin chiqqan vaqtini o‘zida eskirishga ulgurgan Damas 78 mln ga arziydigan mashinami? 3 mln ayirsa 75 mln bo‘ladi. Zo‘r narxmi shu?

Yoki Neksiya endi 87 mln jmas 84 mln dan sotilsa olam gulistonmi?

Maynavozchilik emasmi bu?

Hali men eng arzon komplektatsiyalarini hisoblayapman. Bojxona to‘lovlarini bekor qilsa itam olmaydi mashinasini. Buni teppadagi hammasi yaxshi biladi.

Bitta maqolada kompaniyaga Sparkdan qoladigan foyda 5 mln deb aytishibdi. Kompaniya foydasi 5 mln bo‘lsa, unda davlatga to‘laydigan solig‘i qancha?

Undan ko‘ra sifatli mashinalarni o‘zimiz olib kelaylik chet eldan? 10-20 mln pulini beramiz davlatga. 30 mln ham beramiz e! Faqat ruxsat beringlar baraka topgurlar.

O‘zbekistonliklar ham arzon narxda sifatli mashina haydashga haqqi bor…

O‘sha gap. UzAM mashinalarini xarid qilmayman.

Umid Gafurov

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: