Masjidlar haqida 5 fakt

1. Masjid – arabcha so‘z bo‘lib, “sajda qilinadigan joy” ma’nosini bildiradi.

2. Islom tarixida ilk qurilgan masjid – “Qubo” masjidi bo‘lib, u Madinai munavvaraning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan. Ushbu masjidda Rasululloh (s.a.v.) jamoat bilan namoz o‘qishni boshlab berganlar.

3. “Masjid al-Haram” – Makka shahrida joylashgan dunyodagi eng ulkan masjid. Ekspertlarning fikricha, mazkur masjid dunyodagi eng qimmatbaho bino hisoblanib, uning qiymati 100 mlrd dollardan oshiq, deb baholangan.

4. Madinadagi Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar masjidining hozirgi maydoni Rasululloh yashagan davrdagi Madina shahri maydonidan katta.

5. Qurilishi 12 yil davom etgan “Shayx Zayd” masjidining rasmiy ochilishi 2007 yil Ramazon oyida bo‘lib o‘tgan. 1000 nafar to‘quvchi 1 yil davomida qo‘l mehnati bilan to‘qigan dunyodagi eng katta gilam ushbu masjidga in’om qilingan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: