Milliarder Jek Ma

Nima uchun mashhur?

Alibabaning asoschisi. Xitoydagi eng badavlat inson. Uning elektron tijoratga asoslangan kompaniyasi Alibaba kuniga 100 million xaridorni o‘ziga jalb etadi. Jek Maning boyligi 20,4 milliard AQSh dollari qiymatida baholangan.

Qanday qilib mashhur bo‘ldi?

Biznesmen kollejga kirish imtihonidan uch marotaba yiqilgan. Garvard universitetiga kirish uchun 10 yil uringan. Kollejni tamomlagach, 30 ta turli xil ishga hujjatlar topshirib, rad javobini olgan. Hech qayerga ishga kira olmagach, o‘zi tugatgan universitetda ingliz tilidan dars beradi. Oyiga bor-yo‘g‘i 12-15 dollar maosh olgan.1998 yilda Alibaba tashkil etilganida ham Ma qiyinchiliklarga duch keldi. Brend dastlabki uch yil davomida foyda keltirmaydi, bu esa Mani ijodkorona yo‘l tutishga, o‘z ustida tinmay izlanishga undaydi.Bugunga kelib esa Alibaba Group Xitoy elektron tijoratining 80% ini boshqaradi. Uchdan ikki qism to‘lovlar Alipay to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi, uning yillik aylanmasi 148 milliard dollarni tashkil qiladi. Mamlakat ichida Jek Ma kompaniyasi 6 ta savdo saytlarini rivojlantiradi, u «Facebook» ning oyiga 156.5 million foydalanuvchi tashrif buyuradigan Weibo analogining aksiyalariga egalik qiladi.

Mashhur nima deydi?

«Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz o‘rganing, tong sahar shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uyg‘oning. Hayotda yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda!»

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: