Miqdor bilan bog‘liq 5 fakt

1. Yer yuzidagi eng uzun joy nomi 85 harfdan iborat. «Taumatawhakatangihangakoauauotamateaturipukakapikimaungahoronukupokaiwhenuakitanatahu» deb nomlangan hudud Yangi Zelandiyada joylashgan. Avstraliyaning «Mamungkukumpurangkuntjunya» tepaligida yashovchilarga ham joy nomini yod olish qiyin.

2. Ayni vaqtda dunyo aholisining real sonini ko‘rsatib turuvchi sayt mavjud. https://www.worldometers.info/world-population/ Ushbu havola orqali saytga kirishingiz va ayni damda qaysi mamlakatda qancha go‘dak tug‘ilib, qancha odam vafot etayotganini raqamlar orqali kuzatishingiz mumkin.

3. Bir vaqtning o‘zida burunni qo‘l bilan siqib, ham og‘zingizni yopsangiz, birozdan so‘ng hech qanday tovush chiqara olmaysiz.

4. Shotland tilida birgina qor ma’nosini ifodalovchi 421 ta so‘z mavjud.

5. Eng uzun inglizcha so‘z 189 819 harfdan iborat. Bu yerga ushbu so‘zni sig‘dira olmaymiz. Ammo shuni aytishimiz mumkinki, titin laqabli bu oqsilning asl nomini o‘qish uchun uch yarim soat vaqt ketadi. Agar yoningizda hech kim bo‘lmasa, uchinchi faktni bajarib ko‘rdingiza? Yoki bu faktni miqdorga nima aloqasi bor, deb o‘yladingiz. Topdikmi? Chunki 90 foizdan ortiq odamlar shunday qilishadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: