Muammoning mohiyati qolib, nomini o‘zgartirish bilan hech narsa o‘zgarmaydi

Sergelining nomini o‘zgartirishni taklif qilibdi bir partiya! Ana, xolos! Juda og‘ir va katta muammoni ko‘tarib chiqibdi-ku bu nomzod deganlari…

Undan ko‘ra, so‘nggi yillarda bu tumanda yig‘ilib qolgan yuzlab muammolarga e’tiborni qaratsangiz to‘g‘ri bo‘larmidi, janobi nomzod! Bu nom bu tumanga qanchalik xos yoki mos emasligi – bu boshqa masala. Ammo SIRG‘ALI emas SERGELI bo‘lsa kerak aslida. Mayli gap bu haqda ham emas.

So‘nggi yillarda bu tumanda 500 dan ziyod yangi uy qurildi. Shuncha ko‘p qavatli uyga qancha ming odam ko‘chib kelganini tasavvur qilyapsizmi? Shunga yarasha aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi-chi, qanchaga oshdi? Afsuski, bu 0 darajada turibdi.

Shahar bilan bog‘laydigan birorta ham yangi yo‘l qurilmadi! Bitta ko‘prik qurilishi mana ikki yildan beri cho‘zilib yotibdi.
Deyarli barcha yo‘llardagi «probka»lar dastidan shahar markazigacha kelishga bir soatdan ziyod vaqtingiz ketadi.
Elektr, gaz, issiqlik ta’minoti idoralariga bir borib ko‘ring, har kuni qariyb ellik nafar odam navbatda turgan bo‘ladi pul to‘lash uchun…

Tumanda bitta tug‘ruqxonadan boshqa bitta ham shifoxona yo‘qligini, odamlar xasta bolalarini shaharning qaysi hududida joy bor ekan deb kasalxonama-kasalxona yugurib yurishini bilasizmi?
Tayyor bozor buzib tashlanib, hali ham turli joylarga «sochilib» yotganini-chi?

Ota-onalar dam olish kunlari farzandlarini aylantirishga olib chiqish uchun tayinli birorta maskan yo‘qligidan «tashabbuskorlar»ning hoynahoy xabari yo‘q!
Xullas, hali yana ancha davom ettirish mumkin muammolar zanjirini…

Bir o‘ylab ko‘ring-chi, ana shu muammolar yechimini ko‘tarib chiqish foydaliroqmi yoki nomini o‘zgartirib «ura-urachilik» bilan shug‘ullangan ma’qulmi?

Xusniddin Berdiyev

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: