Murod Rajabov o‘zbek telekanallarini jiddiy tanqid qildi

Taniqli aktyor Murod Rajabov o‘zbek telekanallarini jiddiy tanqid qildi. Aktyorning aytishicha, oxirgi paytlarda televideniyeda «ko‘rinmayotganiga» sabab, ko‘rsatuvlarning sifati uni qoniqtirmayotganida. Unga birorta kanal ham, ko‘rsatuv saviyasi ham ma’qul kelmayotgan ekan. Yaqinda Murod Rajabovga «Yoshlar» telekanalidan intervyu berish taklifi bildirilganda, aktyor quyidagicha javob bergan va taklifni rad etgan: «Qaysi kanal? Yoshlar kanali? Shunaqa kanal ham bormi? Ha, kinolarni tarjima qiladigan kanalmi?»

«Agar efir vaqtini 24 soat deb oladigan bo‘lsak, uning deyarli 20 soati «qalang‘i-qasang‘i» tarjima qilingan filmlar bilan to‘ldirilgan», – deydi M.Rajabov fikrini davom ettirib. – Hozir odamlar zamon bilan hamnafas, 40 yil oldingi filmlarni emas, yangi kinolarni ko‘rishyapti, Rossiya kanallarini ko‘rishyapti. O‘zbek telekanallari qachongacha tomoshabinlarni bunday aldashadi, – deydi aktyor.

Bundan tashqari, aktyorni o‘zbek televideniyesining «osmondan tushgani» ranjitar ekan. Masalan, kanallarda tinmay koronavirus haqida, alomatlari sezilganda darhol doktor huzuriga borish lozimligi haqida gapiriladi. Lekin real hayotda ko‘pincha shifoxona kasallarni qabul qilmaydi. Buni esa televideniye bilib turib, bilmaganga olishini jahli chiqib aytib berdi.

Telekanallarda ishlayotgan jurnalistlar mahoratini tanqid qilarkan, quyidagi asoslarni keltirib o‘tgan. Intervyuga chaqirgan jurnalist, suhbat boshlangandan keyin «Sizga nima savol bersam ekan» deb o‘ylanib qolgani, yana bir intervyuda 20 yil teatrda faoliyat olib borgan, teatrda shakllangan aktyor Murod Rajabovga «Hech teatrda o‘zingizni sinab ko‘rmaganmisiz?» deb savol berilgani haqida kuyunib aytgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: