Muzeylar haqida 5 fakt

Muzeylar haqida 5 fakt

1. «Muzey» so‘zi yunon tilidan kirib kelgan bo‘lib, «ilhom qo‘rg‘oni» degan ma’noni anglatadi. Moskvaliklarning aytishicha, muzey rostdan ham ilhom bag’ishlaydigan joy ekan, negaki Moskva shahrida Ichkilikbozlik muzeyi joylashgan.

2. Dunyoda eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzey Parijdagi Luvr muzeyidir. Yiliga o‘rtacha 10 mln. sayyoh tashrif buyuradi. Muzey binosi qadimiy qirol saroyidir. Hozirda koronavirus sabab vaqtinchalik yopilgan.

3. Sharl Gito, 1881 yili AQSH prezidentiga suiqasd uyushtirgan shaxs to‘pponcha tanlashga «juda did bilan yondashgan». U oddiy yog‘ochdan tayyorlangan tutgichni emas, fil suyagidan tayyorlangan tutgichli to‘pponchani sotib oladi. Chunki uning fikricha, bunday to‘pponcha muzeyda chiroyli turar emish.

4. 1961 yili Nyu-York san’at muzeyida «Qayiq» nomli surat joylashtiriladi va faqatgina 47kundan so’ng suratni teskari ilib qo’yishganini bilib qolishadi.

5. «Corpus» inson tanasi muzeyi 35 metr uzunlikdagi o’tirgan odamning tasviri ko‘rinishidadir. Siz u yerda inson organizmi bilan «yaqindan» tanishishingiz mumkin.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: