Na ruxsat berilgan, na ta’qiq o’rnatilgan ta’maki. Nega u nazorat qilinmaydi?

Mamlakatimizda alkogol va tamaki mahsulotlariga aktsiz solig’i joriy etilgani va nazoratga olinganiga ancha yillar bo’ldi. Bu mahsulotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotishning oldini olish bo’yicha ham qat’iy choralar ishlab chiqilgan.

Ammo tamaki mahsulotining yana bir turi borki, negadir bu haqda hech bir hujjatda qayd etilmagan: na ruxsat berilgan, na ta’qiq o’rnatilgan.

Anglaganingizdek, nos haqida gap ketyapti. Mamlakatimizning barcha bozorlarida, deyarli har bir ko’chada sotilayotgan bu tamaki mahsulotini ishlab chiqarish, qadoqlash va iste’molchiga yetkazib berish jarayoni nazorat qilinmaydi. Deylik, nosni chekib to’g’ri kelgan joyga tuflab,
atrof-muhitni ifloslantirib ketaveradilar. Bunga biror chora bormi? Umuman, mazkur masalada qanday takliflaringiz bor?

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: