Navoiy viloyat hokimi avtomat ko‘tarib yuribdi. Tinchlikmi?

Kecha, 1 mart kuni O‘zbekistondagi eng katta poligon, Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydoniga Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov boshchiligida senator va deputatlar tashrif buyurdi.

15 nafar ayol deputat (ulardan 2 nafari senator) TOZ-8 qurolidan sinov mashqlarini bajardi. Viloyat hokimi va okrug qo‘mondoni hamda ikki nafar senator Makarov pistoletidan, 27 deputat esa snayper, qo‘l pulemyoti qurollaridan amalda o‘q otdi.

Viloyat hokimi va xalq vakillari ishtirokidagi mazkur “shou” nima maqsadda uyushtirilgani haqida ma’lumot berilmagan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: