Nazarboyevlar haqida biz bilmagan faktlar

1. Nursulton Nazarboyev uzoq vaqt hokimiyat tepasida bo‘lgan rekordchi prezidentlardan biri, uning rahbarlik muddati 30 yilni tashkil etadi. Bu yil 80 yoshni qarshi oladigan Elboshisining tug‘ilgan kuni davlat bayrami, poytaxt kuniga to‘g‘ri keladi. Uning to‘ng‘ich qizi Darig‘aning tug‘ilgan kuni 7 may — Vatan himoyachilari kunida nishonlanadi. 2011 yildan buyon 1 dekabrda Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti kuni ham nishonlanadi.

2. Handelsblaat gazetasining yozishicha, Nazarboyev sayyoramizning eng boy va qudratli hukmdorlari reytingida 10-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 1,1 milliard dollarga teng deya baholangan bo‘lsa, Nazarboyevlar oilasida yana ikkita milliarder va bir necha millionerlar bor. Nazarboyevlar sulolasining davlati 7 milliard dollarga baholangan.

3. Nazarboyevning 3 qizi bor. To‘ng‘ich qizi — Darig‘a Nazarbayeva o‘tgan kungacha Senat raisi edi. O‘rtancha qizi — Dinara Kulibayeva Qozog‘istondagi eng boy ayol. Kenja qizi — Aliya Nazarbayeva Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev o‘g‘liga turmushga chiqqan, keyinchalik ajrashgan. Ikkinchi turmushi qozoq biznesmeni Daniyar Xasanev bilan ham uzoq yashamagan. Nazarboyevning 8 nevara va 5 chevarasi bor.

4. Oysulton Nazarboyev (nevarasi, Raxat Aliyev farzandi) ning aytishicha, u aslida Nursulton Nazarboyevning o‘g‘li. Buni Avstriyaga qochib, qamoqda o‘z joniga qasd qilgan (otasi) Aliyevdan bilib olgan. Ammo bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan.

5. Nazarboyev umrining 20 yilini rusiyzabon muhitda o‘tkazgani bois qozoq tilini butunlay unutgan edi. 1980 yilda u Olma-otaga qaytgach, qozoq tilini qayta o‘zlashtiradi. U ikki yil muqaddam BMT minbarida so‘zga chiqqanda qozoq tilida so‘zlashini e’lon qiladi va tarjimon topib kelgunicha kutib turadi. Shu tariqa ilk bor BMT minbarida qozoq tilida ma’ruza qilinga

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: