OBID ASOMOV. O‘zbek qiziqchilik san’atida o‘z maktabini yaratgan so‘z ustasi

Nima uchun mashhur?

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. U nafaqat qiziqchi, talantli aktyor va mohir rassom. Bugun uning tug‘ilgan kuni.

Qanday mashhur bo‘lgan?

Obid Asomov 1963 yil 22 oktyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Uning bobosi Abbosxon Eshon esa bir necha tillarni bilgan, Toshkentdagi birinchi maktabning asoschisi bo‘lgan. Yosh havaskor 4-sinfda o‘qib yurgan kezlari rassomchilik to‘garagiga qatnashgan. Maktabni bitirgach Benkov nomli san’at maktabiga o‘qishga kirgan.

Bir kuni sinfdoshning to‘yida sozandalardan biri sinfdoshlar o‘tirgan stol yoniga kelib: “orangizda xonandalarga navbat beradigan, gapga usta bolalar bormi?”, – deb so‘raganda sinfdoshlar Obidjonni ko‘rsatishgan. Shunday qilib, rassomchilik uchun bo‘yoq va boshqa anjomlariga sarf-xarajatni qoplash uchun yosh Obidjon to‘ylarda hizmat qila boshlagan.

Kontsetlaridan birida esa rejissyor Latif Fayziyev Obid Asomovni Hindiston bilan hamkorlikda suratga olingan “Ovchi” filmida suratga tushishga taklif qilgan. Suratga olish jarayonlari Moskva, Hindistonda davom etgani sabab institutdagi o‘qishini tashlashga majbur bo‘lgan. Mazkur film sabab Mitxun Chakraborti bilan tanishgan. Shuningdek, “Sherali va Oybarchin” , “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Tohir va Zuhra” (yangi talqin), “Ada emas, dada!” kabi ko‘plab filmlarda suratga tushgan. 1993 yilda Asamov do‘stlari bilan birgalikda, “Obid-A” teatrini tashkil qiladi.

O‘z vaqtida 14 kunlab ikki mahaldan Xalqlar Do‘stligi saroyida kontsert bergan so‘z ustasi rekord ko‘rsatgichga erishgan. 2000 yilda esa Farrux Zokirovning taklifiga ko‘ra Obid Asamov “Yalla” ansamblining kontsert gastrollarida boshlovchilik qilgan. Yevgeniy Petrosyanning taklifiga ko‘ra esa “Krivoye zerkalo” teleshousida qatnashgan. 2018 yil may oyida so‘z ustasi “Multiplikatsion filmlar studiyasi”ga direktor etib tayinlangan. Uning bir o‘g‘il va uch qiz farzandi bor. Mahoratli so‘z ustasi Obid Asomov 2018 yil 14 dekabrda ( 55 yoshda) vafot etgan.

Mashhur nima deydi?

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: