Obnalchi firmalar koronavirusdan ham yomonroq— Sherzod Kudbiyev

«Obnalchi» halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «obnalchi» firmalarning umri keskin qisqardi.

24 fevral kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirish va QQS summalarini noqonuniy qabul qilish muammosiga duch kelgan 50 ga yaqin kishidan iborat bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

DSQ raisi mamlakatda yashirin iqtisodiyot ga qarshi kurash boshlanganini, xususan, shubhali korxonalar faoliyati faollashtirilganligini ta’kidladi. U bu masalada ortga qaytilmasligini aytdi.

Sherzod Kudbiyevning so‘zlariga ko‘ra, 1 fevral holatiga QQS bo‘yicha hisoblangan summa 9,2 trln so‘mga yetdi, ammo bu davlatga shuncha miqdorda mablag‘ kelib tushganini anglatmaydi.

9 trln 200 mln so‘m aldab to‘lanmaganligi natijasida, mayli uning bir qismidir, 1−2 trlndir. Hozir buning tagiga yetamiz bittalab, — deya ta’kidladi Sherzod Kudbiyev.

Uning ta’kidlashicha, 24 fevral kuni soliq qo‘mitasi tarkibiga 396 shubhali kompaniyalardan yana 129 ta korxona kiritilgan. Shu tariqa, QQSni qoplash miqdorini bekor qilish bilan yangi to‘lqin paydo bo‘lishi kutilmoqda, deya ogohlantirdi DSQ rahbari.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining so‘zlariga ko‘ra, bir kunlik firmalar umri ancha qisqargan — endlikda ular 300−400 mln so‘mlik fiktiv bitimlarni amalga oshirganidan so‘ng, yopilmoqda. Ba’zi firmalar «davlatdan emas, balki zanjirdagi har bir tadbirkordan o‘g‘irlab» 300 mlrd so‘mlik hisob-fakturalarni rasmiylashtirayotganini ko‘rish mumkin.

Kecha bitta firma shuncha uryapmiz, 300 mlrdga bitta schyot-faktura ham yozadimi? 300 mlrdga, yigitlar. Kimni aldayapmiz biz? Men nima qilishim kerak, endi men u firmani kameral qilishim kerakmi? O‘zbekistonda nima 300 mlrd turadi? Qurilishga o‘tmagan, boshqaga o‘tmagan. 30 mln dollar bu. Suv ombori, samolyot bo‘lishi mumkin. Bilmadim, 3 kun oldin paydo bo‘lgan firma unaqa narsalar qilmaydiku. Endi bir-birimizni aldamaylik, — dedi DSQ raisi.

Sherzod Kudbiyev 3,1% hollarda (103 ta kompaniya uchun) «fiktiv» bitimlarning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligini, 95% dan ko‘prog‘i esa tasdiqlanganligini tan oldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita tadbirkorlarga mablag‘larni qaytarishni tezlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - hiNauL16142335176352_b.jpg

«Obnalchi» halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi. Mayli o‘zi, nima sizlar o‘ylayapsizlar 5 foiz bilan boy bo‘lib qoladimi? Yo‘q, kechirasizlar. Bu koronavirusdan battar. Buning «sepochka»si hammaga ta’sir qilyapti. Bitta orada «obnalchi» chiqib qolsa, hammaga ta’sir qiladi, — deya ta’kidladi Soliq qo‘mitasi raisi.

Bunday noqonuniy harakatlar to‘g‘risida to‘plangan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga yuborilgan.

Uchrashuv ishtirokchilaridan biri DSQdan yordam va moliyaviy amnistiya so‘radi. Sherzod Kudbiyevning ta’kidlashicha, QQS summalarini hisobga olish uchun noqonuniy ravishda qabul qilish natijasida soliq qarzlari bo‘lgan tadbirkorlarga Soliq kodeksiga muvofiq, qismlarga bo‘lib to‘lash huquqi berilgan. Bundan tashqari, 20 foiz jarima qo‘llanilmaydi. Bundan tashqari, agar tadbirkorlar barcha kerakli hujjatlarni taqdim qilib, 1 aprelgacha hisob-kitoblarni tartibga keltirsalar, ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

Bugungi kunga qadar DSQ «shubhali» soliq to‘lovchilar bilan davlat byudjetiga to‘lamasdan, deyarli 1 trln so‘m miqdoridagi QQS miqdorini hisobga olgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan 10 mingga yaqin korxonani aniqladi.

Avvalroq, DSQ «shubhali» korxonalar bilan ishlaydigan 206 ta davlat kompaniyalari ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

«Naqdlashtiruvchi firmalar» («bir kunlik firmalar») tovarlarni sotmaydi yoki xizmat ko‘rsatmaydi, balki pul mablag‘larini naqd qilib beradi va fiktiv hujjatlarni rasmiylashtiradi. Masalan, 100 mln so‘mlik bitta hisob-fakturadan «naqd pul bilan ishlaydigan kompaniya» noqonuniy ravishda 15 mln so‘m ishlab topadi, vijdonli tadbirkor esa bunday daromad olish uchun mehnatining bir oyi yoki undan ko‘pini sarf qilishi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, soxta hujjatlar (hisob-fakturalar) ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, QQS to‘lovchilari hisobot davri oxirida hisob-fakturalarda ko‘rsatilgan QQS miqdorini hisobga olish bilan belgilaydilar va shu bilan to‘lanadigan soliq miqdorini kamaytiradilar va davlat budjetiga zarar yetkazadilar, deya tushuntirdi qo‘mita.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: