O‘g‘il otasini tunasa, bunga kim aybdor?

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan bir-biridan shov-shuvli, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan voqealar haqida o‘qib, hayratdan yoqa ushlaymiz. “Nahotki, bo‘lishi mumkin emas”, deb ishongimiz kelmaydi. Rasmiy manbalar tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishonishga majbur bo‘lamiz.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Farovon” MFY hududida sodir bo‘lgan mudhish voqea ham hech birimizni befarq qoldirmadi.

 Fuqaro T.B. 2021 yil 15 yanvar kuni tuman IIBga murojaat qilib, 2020 yil 25 dekabr kunidan 15 yanvar kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi sandiq ichida bo‘lgan 1900 AQSh dollari va 3.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini bayon etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchi T.B.ning birga yashovchi o‘g‘li A.T. sodir etgani aniqlanib, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Biz masalaning faqat bir tomonini, ya’ni o‘g‘irlik sodir bo‘lganini bilamiz, biroq ikkinchi tomoni — farzand nima uchun o‘z uyiga o‘g‘irlikka tushgani qorong‘u. Albatta, tergov davomida bu savollarga javob topiladi. Demak, aybni faqat farzanddan emas, uni tarbiyalagan otadan ham qidirish lozim. Bu borada siz qanday fikrdasiz?

Nurbek G‘OFUROV

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: