Olimpiyada tarixidan 5 fakt

Xabaringiz bor, joriy yilgi «Tokio-2020» yozgi olimpiyada o‘yinlari koronavirus epidemiyasi sababli 2021 yilga qoldirildi. Biz esa olimpiyadaga doir qiziqarli ma’lumotlarni ilinmoqchimiz.

1. BIRINChI O‘RINGA KUMUSH MEDAL. 1896 yili Afinada o‘tkazilgan birinchi zamonaviy olimpiyada o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar lavr bargi va kumush medali bilan taqdirlanishgan. Qizig‘i, 2-o‘rin sohiblari bronza medali bilan taqdirlanib, 3-o‘rinni olgan sportchilarga hech qanday sovrin berilmagan. 1904-yildan boshlab, 1-o‘ringa oltin, 2-o‘ringa kumush va 3-o‘ringa bronza medallari topshirilgan.

2. OLTIN MEDAL O‘RNIGA SURAT. 1900 yilgi Parij olimpiyadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar suratlar bilan taqdirlanishgan. Boisi, o‘sha vaqtlarda suratlar juda ham qimmatbaho sanalgan.

3. AYОLLAR ISHTIROKI. Ilk bora nozik hilqat vakillari 1900 yilgi olimpiyadada ko‘rinish berganlar. O‘shandan buyon har bir jamoada ayol sportchilarni uchratishimiz mumkin.

4. XITOY TERMA JAMOASI. Bu yurt sportchilari har bir olimpiyadada ko‘plab medallarga ega chiqishlari bilan diqqat markazimizda turishadi. Qizig‘i, chin yurti vakillari 1984 yilgacha birorta ham medalni qo‘lga kiritishmagan.

5. O‘ZBEKISTONLIK ILK OLIMPIYADA CHEMPIONI. 1952 yil Xelsinki shahri mezbonlik qilgan olimpiyada biz uchun alohida e’tiborga molik. Boisi ushbu olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Galina Shamray sport gimnastikasi ko‘pkurash bahslarida jamoaviy bellashuvlarda oltin, predmet bilan mashg‘ulotda jamoaviy kumush medalni qo‘lga kiritadi va bu natijasi orqali mamlakatimiz tarixida birinchi olimpiyada medalini qo‘lga kiritgan sportchi sifatida joy oladi.

Suxrobjon Sadirov

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: