Omadsizroq odam haqida yozsangiz yutasiz…

Mendan ko‘pincha so‘rashadi: «Senzura, boshqa, shunaqa narsalar bo‘ldimi?», deb. Yo‘q, men «O‘zbekkino»da ishlagan paytimda biron marta senzura, tazyiq bo‘lganini eslay olmayman. Chunki, ko‘pincha men mas’ul gapni bo‘ynimga olardim va javob berardim. Bironta odam mendan «nimaga bunaqa bo‘ldi», deb so‘ragani yo‘q.

Menimcha, «Dev bilan pakana» filmini ko‘p odam ko‘rdi, o‘zim buni kutmagandim. Pakananing obrazi odamlarga yoqqan bo‘lishi mumkin, omadsizroq bir odam-ku! Omadsizroq odam haqida yozsangiz yutasiz, chunki, odamlarning 99 foizi omadsiz-ku! O‘zini ko‘radi-da, keyin balki asarni ham yaxshi ko‘rishi mumkin. Bugungi milliy kinoda milliy xarakterlar bo‘lishi kerak. Halqning, millatning hayoti bo‘lishi kerak. Ko‘proq o‘ylab topilgan narsalar hozir. Qolaversa, shaxsiy studiyalardan olinadigan juda bemaza asarlar ko‘payib ketgan.

Bironta bir rasm bo‘lgan estrada ashulachisini qahramon qilib olishadi-da, keyin o‘shaning atrofiga tasvir yig‘ishga harakat qilishadi. Kommertsiya ruhi juda ustun. Faqat kommertsiyani o‘ylamasdan pul yig‘ish mumkin bo‘lgan yaxshi filmlar ham qilish mumkin. Lekin, buning uchun ham ozgina iroda kerak, buning uchun xohish kerak.

Baribir jiddiy filmlar bor. Qolaversa, biz tomoshabinni buzib qo‘yganmiz. U yengil-elpi narsalarga ko‘proq boradi. Jiddiyroq o‘ylantiradigan narsaga odamlar bormaydi hisob. Nafaqat o‘zbek filmlari, chet filmlarining ham biron bir jiddiy mushtlashuvlar bo‘lmagan filmlarni olib kelib qo‘ying, odam deyarli tushmaydi hisob.

Odamlar kinoteatrga o‘ylash uchun, mushohada qilish uchun, qahramonga qo‘shilib yig‘lash uchun kiradigan bo‘lishi uchun ham vaqt kerak».

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: